O‘zA O`zbek

08.07.2020 Chop etish versiyasi

Ekinlarni tozalangan oqova suv bilan sugʻorishning tuproq tarkibiga taʼsiri oʻrganilmoqda

Ekinlarni tozalangan oqova suv bilan sugʻorishning tuproq tarkibiga taʼsiri oʻrganilmoqda

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olim va tadqiqotchilari tomonidan “Oqova suvlarni tozalash inshootlaridan chiqqan suv bilan qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda tuproq ekologik-meliorativ holatining oʻzgarishini oʻrganish” mavzusida loyiha taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Mazkur loyiha institutning Yer resurslarini himoya qilish laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, qishloq xoʻjaligi ekinlarini tozalangan oqova suvlari bilan sugʻorishning tuproq tarkibiga va uning turli xossa xususiyatlariga, tuproq ekologik holatiga taʼsirini oʻrganish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan chora- tadbirlar ishlab chiqish maqsadiga qaratilgan.

photo_2020-07-08_18-35-25.jpg

photo_2020-07-08_18-35-19.jpg

Unda avvalo, suvning sifat koʻrsatkichlarini aniqlab, soʻngra qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida foydalanish uchun uslubiy koʻrsatmalar, xulosalar, tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Tadbirda qishloq xoʻjaligi ekinlarini tozalangan oqova suv bilan, shuningdek, oddiy ariq suvi bilan sugʻorilganda tuproqda roʻy beradigan jarayon maʼlumotlarini taqqoslash singari natijalar kutilayotganligi taqdimotchilar tomonidan taʼkidlab oʻtildi.

photo_2020-07-08_18-35-06.jpg

photo_2020-07-08_18-34-55.jpg


3 614
Oqil GʻULOMOV (surat), OʻzA