O‘zA O`zbek

18.03.2020 Chop etish versiyasi

Ekin maydonlari kafolatlangan suv bilan taʼminlanadi (fotoreportaj)

Ekin maydonlari kafolatlangan suv bilan taʼminlanadi (fotoreportaj)
“Navoiy”, “Uchqora” va “Konimex-1” nasos stansiyalari yordamida Navoiy viloyatining jami 35,7 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlari kafolatlangan suv bilan taʼminlanadi.

Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining jonkuyar jamoasi qishloq xoʻjaligi tarmoqlariga suv yetkazib berish yoʻlida samarali faoliyat yuritmoqda.

8.jpg

Boshqarma 1992-yilda qayta tashkil etilgan boʻlib, unga qarashli uchastkalarda jami 41 ta nasos stansiyalari, 182 dona nasos agregatlari va 154 dona zax qochirish, 232 dona sugʻorish va 87 dona yaylov suv taʼminoti quduqlari viloyatning paxta, gʻalla, bogʻdorchilik, chorva mollariga suv yetkazib berish hamda boshqa ekinlarni sugʻorish uchun xizmat qilib kelmoqda. Bu nasos agregatlar yordamida Navoiy viloyatining 112480 gektar qishloq xoʻjaligi ekinlari sugʻoriladi.

– Fransiya hukumatining 18,75 million AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻi ishtirokida Qiziltepa tumanidagi “Navoiy” va Xatirchi tumanidagi “Uchqora” nasos stansiyalari qayta taʼmirlandi, — deydi Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshligʻi Nodir Shomurodov. – Ushbu loyiha orqali “Navoiy”, “Uchqora” va “Konimex-1” nasos stansiyalari yordamida Navoiy viloyatining jami 35,7 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlari kafolatlangan suv bilan taʼminlanadi. Shuningdek, mazkur xayrli tadbir sabab 25 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

4 482
Siroj Aslonov (surat), OʻzA.