Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

27.08.2018 21:05 Chop etish versiyasi

Ehtiyojmandlarga bayram tuhfasi

Ehtiyojmandlarga bayram tuhfasi Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan 20, uy-joyga ehtiyoji boʻlgan 70 nafar fuqaroga yangi uylarkalititantanali ravishda topshirildi.

Bu yangi uy sohiblariga eng ulugʻ, eng aziz ayyomga ajoyib bayram tuhfasi boʻldi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar barcha sohalarda yuksak samaralar berayotgani, ijtimoiy himoya davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangani taʻkidlandi.

Mazkur 5 qavatli 2 ta uy “Oybek baraka servis” masʻuliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan 10 oyda qurib bitkazildi. Uylarni qurishda viloyatda ishlab chiqarilgan zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanilganini alohida taʻkidlashjoiz.

– Shu vaqtga qadar Yangiyer shahrida 5 qavatli uy qurilmagan, bu dastlabkisi, – deydi “Oybek baraka servis” MCHJ rahbari Nuriddin Qobilov. – Har birining loyiha qiymati 7 milliard 411 million soʻmdan boʻlgan ushbu uylar 90 oilaga moʻljallangan. Xonadonlar eng zamonaviy isitish tizimi, tabiiy gaz, elektr energiyasi, toza ichimlik suvi va boshqa barcha zarur kommunikatsiya xizmati tarmoqlariga ulangan.

Tadbirda uy egalariga xonadon kaliti bilan birga viloyat, shahar hokimliklari, homiy tashkilotlarning esdalik sovgʻalari ham topshirildi. Shuningdek, uylar qurilishida faol ishtirok etgan quruvchilar ham munosib taqdirlandi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.Norboyeva, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Mirzayev ishtirok etdi.

Abdujalol Qayumov, Furqat Toshmatov (surat), OʻzA
1 861