O‘zA O`zbek

21.08.2019 Chop etish versiyasi

Eg zukko va kitobga mehr qo‘ygan bilimdonlar g‘olib bo‘ldi

Eg zukko va kitobga mehr qo‘ygan bilimdonlar g‘olib bo‘ldi

Samarqandda “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik-tanlovining 10-14 yosh toifasidagilar o‘rtasida viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosi, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilgan tanlovga viloyat bo‘yicha 127 mingta ariza qabul qilindi.

Viloyat bosqichida 16 nafar tuman-shahar bosqichi g‘oliblari bahs olib bordi. Bahslarni Yoshlar ittifoqi mas’ullari, olimlar, yozuvchi va shoirlardan iborat ekspertlar guruhi kuzatib, baholab bordi. Qiziqarli va hayajonli o‘tgan tanlovda eng zukko va kitobga mehr qo‘ygan bilimdonlar g‘olib bo‘ldi.

photo5395503097838676914.jpg

Tanlov yakuniga ko‘ra, 10-14 yosh toifasida Samarqand shahridan qatnashgan Ziyodaxon Bobojonova 3-o‘rinni va Pastdarg‘omlik Valijon Boltaev 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Oqdaryo tumanidan ishtirok etgan Gulsanam Abduvohidova esa 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi va tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tadbir so‘ngida g‘oliblar tashkilotchilarning diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tanlov iqtidorli va bilimli yosh adabiyot ixlosmandlari, kitobsevarlarni kashf etmoqda. Muhimi yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularning kitobga bo‘lgan mehrini oshirishda katta ahamiyat kasb etyapti.

2 004
Abdulaziz YO‘LDOShEV, O‘zA