O‘zA O`zbek

01.05.2018 17:49 Chop etish versiyasi

E’zoz va e’tibordan mamnun otaxon

E’zoz va e’tibordan mamnun otaxon Nukus shahridagi “Qizilqum” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 93 yoshli Otaboy bobo Yermaganbetovning navqiron yoshligi Ikkinchi jahon urushi yillariga to‘g‘ri keldi.

1943-yili frontga chaqirilgan otaxon, urushdan keyin 1953-yilga qadar chegara qo‘shinlarida harbiy xizmatda bo‘ldi. So‘ng uzoq yillar Mo‘ynoq baliq konserva zavodida samarali mehnat qildi. Turmush o‘rtog‘i Nina Yermaganbetova bilan uch farzandni el xizmatiga kamarbasta etib tarbiyaladi. Ayni paytda yaqinlari bag‘rida keksalik gashtini surayotgan Otaboy bobo yurtimizda keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun.

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
3 735