O‘zA O`zbek

09.11.2019 Chop etish versiyasi

“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tashkil etilgan savdolar natijasi

“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tashkil etilgan savdolar natijasi


2019-yilning 4-8-noyabr kunlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan oʻtkazilgan elektron onlayn-auksionlarda 336 ta mol-mulk sotildi.

2019-yil 8-noyabr holatiga koʻra elektron savdo maydonchasida jami 6 mingdan ortiq mol-mulklar mavjud boʻlib, auksion savdolarida ishtirok etishni istagan fuqarolar auksion savdolarida ishtirok etishlari mumkin.

Onlany-auksionda hamma qatnashishi mumkinmi?

“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulkni sotib olish, ijaraga olishdan tashqari, oʻz mol-mulkini sotuvga qoʻyishi ham mumkin.

Onlayn-auksion ishtirokchisiga aylanish tartibi juda oson, buning uchun www.e-auksion.uz saytiga tashrif buyuring va roʻyxatdan oʻting. Oʻzingizni qiziqtirgan obyektni (LOT) tanlang va ariza bering. Soʻng, toʻlovlarni bank orqali va elektron toʻlov tizimlari (Payme, Click va boshq.) orqali amalga oshirib, real vaqt rejimida onlayn-auksionda ishtirok eting.

Tadbirkor va investorlar uchun oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib boring!

“Elektron onlayn-auksionlarni
tashkil etish markazi” DUK PR xizmati


586
O'zA