O‘zA O`zbek

16.10.2019 Chop etish versiyasi

DXX Chegara qo‘shinlari harbiylari xalqaro turnirda uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi

DXX Chegara qo‘shinlari harbiylari xalqaro turnirda uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida MDHga a’zo davlatlarning Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari o‘rtasida sportning sambo turi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi. Unda Armaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston terma jamoalari qatorida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilaridan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etdi. 

Shu munosabat bilan DXX Chegara qo‘shinlari boshqaruv apparati klubida xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kichik serjant Elbek Eshmurodov bu yilgi turnirda 82 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, chempionlik shohsupasini zabt etdi. Shuningdek, kichik serjant Navro‘z Mavlonov 100 kilogramm vazn toifasida 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, oddiy askarlar Vahobjon Nuriddinov 90 kilogramm, Muhammadlaziz Qayumov 82 kilogramm va Otabek Boyqulov 62 kilogramm vazn toifalarida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Musobaqa yakuniga ko‘ra, DXX Chegara qo‘shinlari harbiylaridan tashkil topgan terma jamoamiz xalqaro turnirda umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar DXX Chegara qo‘shinlari rahbariyati tomonidan diplomlar, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

1 968
O‘zA