O‘zA O`zbek

01.08.2018 17:00 Chop etish versiyasi

DXM tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar soni yana ortadi

DXM tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar soni yana ortadi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan tizimga doir qarorlar loyihalari ishlab chiqildi.

Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, loyihalarda 2018-2020 yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatiga asosan 2018 yil 1 sentyabrga qadar joriy etilishi belgilangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash nazarda tutilgan.

Ma’muriy reglamentlar loyihalari 2018 yil 1 iyundan tajriba tariqasida joriy etilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida amaliyotdagi muammolar tahlil qilingan holda ishlab chiqilgan va davlat xizmati ko‘rsatilishini yanada soddalashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Loyihaning to‘liq matni bilan regulation.gov.uz qonun hujjatlari muhokamasi portali orqali tanishishingiz mumkin.

O‘zA
2 849