Hozirgina Dushanbe shahrida boʻlib oʻtayotgan xalqaro konferensiyaning shoʻba yigʻilishlari nihoyasiga yetdi.

Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikka bagʻishlangan davra suhbatida dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti va Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Geologiya, seysmik barqaror qurilish va seysmologiya instituti rahbarlari, mutaxassislari tegishli sohalardagi bugungi kunning dolzarb muammolarini, bu boradagi oʻzaro hamkorlik istiqbolini muhokama etishdi.

photo_2020-09-14_14-53-47.jpg

Shuningdek, yigʻilish davomida ikki davlat oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi aloqalarni yana-da kuchaytirish ilmiy va innovatsion salohiyatni amalga oshirishning muhim omili, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning joriy holati, istiqboli, eksperimental biologiya, yadro texnologiyalarining tibbiyot, qishloq xoʻjaligi va sanoat tarmoqlarida qoʻllanishi, paxtachilik va qishloq xoʻjaligining boshqa sohalaridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida COVID-19 pandemiyasi sharoitida global xavfsizlik, muzliklar va suv resurslarini global va mintaqaviy miqyosda oʻrganish boʻyicha hamkorlik istiqboli, biologik xilma-xillik strategiyasi kabi mavzular atrofida munozara, muhosaba kechdi.

photo_2020-09-14_14-53-45.jpg

Tojikiston MFA Botanika, fiziologiya va genetika instituti direktori Bobozoda Baqoxoja Oʻzbekiston FA Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti bilan DS va PG fan doktorlari tayyorlash va Genetika mutaxassisligidan dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzolashni taklif etdi. Zero, bugungi kunda Tojikistonda ayni yoʻnalishda mutaxassislar yetishmovchiligi yaqqol sezilmoqda.

Tojikistonning S.I.Umarov nomidagi Fizika-texnika instituti va Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi instituti oʻrtasida ilmiy hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzolandi. Mazkur kelishuv asosida tomonlar yadro fizikasi, nazariy fizika, yarim oʻtkazgichlar fizikasi va boshqa qator yoʻnalishlar boʻyicha birgalikda tadqiqot olib borishadi.

photo_2020-09-14_21-59-58.jpg

Konferensiyaning soʻnggi shoʻba yigʻilishi madaniy aloqalarga bagʻishlandi. Dastlab ekspertlarning oʻzbek va tojik xalqlari tarixi, madaniyatidagi umumiy jihatlar, anʼanalarimizning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi, maʼnaviy qadriyatlarimiz xalq diplomatiyasini yana-da rivojlantirish omili ekanligi xususidagi maʼruzalari tinglandi. Munozara qismida mumtoz adabiyot namunalariga oid qoʻlyozmalar boʻyicha tadqiqotlar, maqom sanʼatini rivojlantirish, madaniy aloqalarimizni yana-da kuchaytirish yuzasidan fikrlar bildirildi, taklif, tavsiyalar oʻrtaga tashlandi.

Soʻnggi shoʻba yigʻilishi yakunida Alisher Navoiyning Tojikiston MFA Yozma meros markazi sharq qoʻlyozmalari fondida saqlanayotgan qoʻlyozmalariga doir muhokamalar boʻlib oʻtdi. Markazning yetakchi ilmiy xodimi Saidhoja Alizoda biz uchun juda qadrli boʻlgan mazkur nodir qoʻlyozmalar haqida mutaxassislarimizga batafsil maʼlumot berdi.

photo_2020-09-14_21-59-54.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dushanbe xalqaro konferensiyasida ilmiy yoʻnalishda bir qator samarali kelishuvlarga erishildi