O‘zA O`zbek

04.12.2019 Chop etish versiyasi

Dushanbe shahri raisi Samarqandda

Dushanbe shahri raisi Samarqandda

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Tojikiston Respublikasining poytaxti – Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali bugun Samarqandga keldi.

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov hamrohligida Rustam Emomali Islom Karimov maqbara-majmuasiga tashrif buyurdi va O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shuningdek, qo‘shni davlat poytaxti meri Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi.

1 261
O‘zA