O‘zA O`zbek

23.10.2019 Chop etish versiyasi

Dunyoning qaysi shaharlarida saylov uchastkalari tashkil etiladi?

Dunyoning qaysi shaharlarida saylov uchastkalari tashkil etiladi?

Saylov kodeksining 10-moddasida saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi belgilangan.

Unda O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuzilishi bo‘yicha ham me’yor mavjud.

Bunday saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq qaysi shaharlarida saylov uchastkalari tashkil etilishi belgilandi.

– Saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida, ayrim hollarda esa, saylovga kamida yetti kun qolganida tuziladi, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibiyati rahbari Xudoyor Mamatov. – Xuddi mamlakatimiz hududida tuziladigan saylov uchastkalari kabi xorijdagi saylov uchastkalari ham qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan, ko‘pi bilan esa uch ming nafardan oshmagan holda tuzilishi lozim. Zarur hollarda xorijdagi saylov uchastkalarining saylovchilar ro‘yxatidagi saylovchilar soni belgilangan miqdordan kam yoki ortiq bo‘lishi mumkinligi o‘rnatilgan.

Yuqoridagi talablarga hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida 53 saylov uchastkasi tashkil etiladi. Jumladan Rossiya Federatsiyasida 7, Qozog‘istonda 3, Afg‘onistonda 2, AQShda 2, BAAda 2, Turkiyada 2, Germaniyada 2, XXRda 2 saylov uchastkalari bo‘ladi.

Saylov uchastkalari raqamlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1-saylov uchastkasi Abu-Dabi shahri (Birlashgan Arab Amirliklari), 2-saylov uchastkasi Aktau shahri (Qozog‘iston Respublikasi), 3-saylov uchastkasi Anqara shahri (Turkiya Respublikasi), 4-saylov uchastkasi Afina shahri (Gresiya Respublikasi), 5-saylov uchastkasi Ashxobod shahri (Turkmaniston), 6-saylov uchastkasi Baku shahri (Ozarbayjon Respublikasi), 7-saylov uchastkasi Bangkok shahri (Tailand Qirolligi), 8-saylov uchastkasi Berlin shahri (Germaniya Federativ Respublikasi), 9-saylov uchastkasi Bishkek shahri (Qirg‘iziston Respublikasi), 10-saylov uchastkasi Bryussel shahri (Belgiya Qirolligi), 11-saylov uchastkasi Varshava shahri (Polsha Respublikasi), 12-saylov uchastkasi Vashington shahri (Amerika Qo‘shma Shtatlari), 13-saylov uchastkasi Vena shahri (Avstriya Respublikasi), 14-saylov uchastkasi Vladivostok shahri (Rossiya Federatsiyasi), 15-saylov uchastkasi Dehli shahri (Hindiston Respublikasi), 16-saylov uchastkasi Dubay shahri(Birlashgan Arab Amirliklari), 17-saylov uchastkasi Dushanbe shahri (Tojikiston Respublikasi), 18-saylov uchastkasi Yekaterinburg shahri (Rossiya Federatsiyasi), 19-saylov uchastkasi Jakarta shahri (Indoneziya Respublikasi), 20-saylov uchastkasi Jeneva shahri (Shveysariya Konfederatsiyasi), 21-saylov uchastkasi Jidda shahri (Saudiya Arabistoni Qirolligi), 22-saylov uchastkasi Islomobod shahri (Pokiston Islom Respublikasi), 23-saylov uchastkasi Istanbul shahri (Turkiya Respublikasi), 24-saylov uchastkasi Kiev shahri (Ukraina Respublikasi), 25-saylov uchastkasi Kuala-Lumpur shahri (Malayziya), 26-saylov uchastkasi London shahri (Buyuk Britaniya)

27-saylov uchastkasi, Madrid shahri (Ispaniya Qirolligi), 28-saylov uchastkasi Maskat shahri (Ummon Sultonligi), 29-saylov uchastkasi Minsk shahri (Belarus Respublikasi), 30-saylov uchastkasi Mozori-Sharif shahri (Afg‘oniston Islom Respublikasi), 31-saylov uchastkasi Moskva shahri (Rossiya Federatsiyasi), 32-saylov uchastkasi Novosibirsk shahri (Rossiya Federatsiyasi), 33-saylov uchastkasi Nyu-York shahri (Amerika Qo‘shma Shtatlari), 34-saylov uchastkasi Nursulton shahri (Qozog‘iston Respublikasi), 35-saylov uchastkasi Olma-ota shahri (Qozog‘iston Respublikasi), 36-saylov uchastkasi Parij shahri (Fransiya Respublikasi), 37-saylov uchastkasi Pekin shahri (Xitoy Xalq Respublikasi), 38-saylov uchastkasi Riga shahri (Latviya Respublikasi), 39-saylov uchastkasi Rim shahri (Italiya Respublikasi), 40-saylov uchastkasi Rostov-Don shahri (Rossiya Federatsiyasi), 41-saylov uchastkasi Sankt Peterburg shahri (Rossiya Federatsiyasi), 42-saylov uchastkasi Seul shahri (Koreya Respublikasi), 43-saylov uchastkasi Singapur shahri (Singapur Respublikasi), 44-saylov uchastkasi Tel-Aviv shahri (Isroil Davlati), 45-saylov uchastkasi Tehron shahri (Eron Islom Respublikasi), 46-saylov uchastkasi Tokio shahri (Yaponiya), 47-saylov uchastkasi Frankfurt-Mayn shahri (Germaniya FederativRespublikasi), 48-saylov uchastkasi Shanxay shahri (Xitoy Xalq Respublikasi), 49-saylov uchastkasi Al-Quvayt shahri (Kuvayt Davlati), 50-saylov uchastkasi Ar-Riyod shahri (Saudiya Arabiston Qirolligi), 51-saylov uchastkasi Qobul shahri (Afg‘oniston Islom Respublikasi), 52-saylov uchastkasi Qozon shahri (Rossiya Federatsiyasi), 53-saylov uchastkasi Qohira shahri (Misr Arab Respublikasi).

545
N.Abduraimova, O‘zA