Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.01.2018 13:07 Chop etish versiyasi

Dunyoga mashhur Luvr muzeyida O‘zbekiston san’ati ko‘rgazmasi tashkil etiladi

Dunyoga mashhur Luvr muzeyida O‘zbekiston san’ati ko‘rgazmasi tashkil etiladi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va Tashqi ishlar vazirligi uch oy muddatda Parij shahridagi Luvr muzeyi va shu kabi xorijiy davlatlar muzeylarida O‘zbekiston san’ati ko‘rgazmasini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 25-dekabr kuni madaniyat va san’at sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bayonida belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, 2018-yilda Shahrisabz shahrida Maqom muzeyi, 2019-yilda “Toshkent-siti” biznes markazida eng yaxshi xorijiy loyihalar asosida yangi san’at muzeyini qurish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi. 

O‘zA
1 628