O‘zA O`zbek

11.09.2019 Chop etish versiyasi

Dunyoga mashhur kompaniya direktori Navoiy viloyati hokimi bilan ushrashdi

Dunyoga mashhur kompaniya direktori Navoiy viloyati hokimi bilan ushrashdi

Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov “DT World” hamda“ DP World” kompaniyalari ijrochi direktori Mahmud al Bastaki boshchiligidagi Birlashgan Arab Amirligining delegatsiya vakillarini qabul qildi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Darhaqiqat, Birlashgan Arab Amirligining “DP World” kompaniyasi 1974-yilda tashkil etilgan boʻlib, global savdo-sotiq va yuk tashish xizmati boʻyicha jahondagi eng yirik hamda yetakchi kompaniya hisoblanadi.

“DP World” bu sohada koʻplab korxona va tashkilotlarni bevosita boshqaradi, jumladan, dengiz va ichki terminallardan tortib, dengiz xizmatlari, logistika, qoʻshimcha xizmat turlari va savdoni amalga oshirish uchun kerakli texnologik chora-tadbirlargacha taʼminlaydi.
Mazkur kompaniya 40 ta xorijiy davlatda joylashgan 150 ta portda faoliyat olib boradi. Shuningdek, 120 davlatda 50 ming nafar ishchiga ega. Kompaniya har yili 70 ming ta kemaga xizmat koʻrsatadi va bir kunda 190 000 ta konteyner tashuvlarini amalga oshiradi.

2018-yildagi savdo aylanmasi 71,4 milliard dollarga teng boʻlib, kompaniya daromadi 5,6 milliard dollarni tashkil qilgan.

– Men Oʻzbekiston zamini va aynan Gʻarb va Sharq mamlakatlarini bogʻlaydigan koʻprik vazifasini oʻtayotgan, aytish joiz boʻlsa, quruqlik transport porti uchun juda qulay hudud Navoiy viloyatiga tashrif buyurganimdan juda ham mamnunman, – deydi Mahmud al Bastki. – Bugungi kunga qadar dunyoning bir qator davlatlarida amalga oshirgan logistika yoʻnalishidagi ishlarimizdan orttirgan tajribamizni Navoiyda ham qoʻllamoqchimiz. Ishonamanki, boshlanajak hamkorligimiz kelgusida oʻzining ijobiy samarasini beradi.

1 091
Nuriddin RAHIMOV, OʻzA