O‘zA O`zbek

24.09.2020 Chop etish versiyasi

Dunyodagi yetakchi mamlakatlarning Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqish mintaqada Toshkentning roli oshib borayotganidan dalolatdir

Dunyodagi yetakchi mamlakatlarning Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqish mintaqada Toshkentning roli oshib borayotganidan dalolatdir

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishi koronavirus pandemiyasi sharoitida keng koʻlamli dolzarb masalalarni qamrab olgan va xalqaro hamjamiyatga qilingan muhim murojaat boʻldi.

Oʻzbekiston istiqlolga erishganidan buyon Isroilning yaqin va ishonchli hamkori boʻlib kelgan.

Quyoshli, mehmondoʻst tarixiy Buxoro shahri hamisha yahudiylar qalbida yashaydi – mening koʻplab hamyurtlarim Oʻzbekistondan kelishgan, koʻplari Ikkinchi jahon urushi paytida Oʻzbekistonga evakuatsiya qilingan. Ularda bu mamlakat odamlari, madaniyati va xalqi haqida yaxshi xotiralar saqlanib qolgan.

Bugun Oʻzbekiston yangilanayotgan bir paytda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish zaruriyati yana-da muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekiston Markaziy Osiyodek ulkan mintaqada kelajakka intilayotgan, jadal rivojlanayotgan davlat sifatida Isroil tashqi siyosatida ustuvor oʻrinlardan birini egallaydi.

Oʻzbekiston Prezidentining yoshlar huquqlari sohasi va inson huquqlarini taʼminlashda Parlamentning rolini oshirish boʻyicha tashabbuslari ayniqsa eʼtiborga sazovordir.

Oʻzbekiston va Isroilda yoshlar aholining katta qismini tashkil etadi. Yosh avlodga ularning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratish barqaror taraqqiyot omilidir.

Navqiron avlod huquqlarini himoya qilish bu yoʻnalishdagi omillardan biri boʻlib, Oʻzbekiston Prezidenti ham, bizning parlamentlarimiz ham aynan ana shu haqda gapirishmoqda.

Aslida, hukumat qarorlari, har bir davlat hujjati, byudjet islohotlarining kelajak avlod uchun taʼsiri bor va bizning milliy va xalqaro darajadagi vazifamiz qabul qilinayotgan qarorlar bizdan keyingi avlod uchun salbiy oqibatlarga olib kelmasligi haqida ishonch hosil qilishdir. Bu insonning universal huquqlarini rivojlantirish bilan uzviy bogʻliqdir – oxir-oqibatda har qanday mamlakat aholisi davlat ehtiyojlarini taʼminlash uchun emas, aksincha davlat oʻz xalqi ehtiyojlarini qondirish uchungina yashaydi.

Bu borada biz muhokama qilishimiz kerak boʻlgan mavzu bor, albatta. Shaxsan men Oʻzbekistonda hukumat amaldorlari uch kun ichida fuqarolarning xususiy masalalar boʻyicha murojaatlari yoki shikoyatlariga rasman javob qaytarishga majburliklarini eshitib, hayron qoldim. Bu amaliyot davlat qarorlarini shaffofroq qiladi.

Shuningdek, parlamentlararo hamkorlik ham oʻzaro biznes-munosabatlar, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalaridagi yangi gʻoyalarni implementatsiya qilishga olib kelishi shubhasiz.

Dunyodagi yetakchi mamlakatlarning Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqish mintaqada Toshkentning roli oshib borayotganidan dalolatdir.

Biz qishloq xoʻjaligi, suv resurslari, yangi texnologiyalar, xay-tek va xavfsizlik kabi sohalarida yetakchi hamkorlardan boʻlamiz, degan umiddaman. Pandemiyadan soʻng mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ulkan salohiyatni hayotga tadbiq etish imkoniga ega boʻlamiz.

Andrey Kojinov,
Isroil Davlati Knessetasida “Isroil-Oʻzbekiston”
Parlamentlararo doʻstlik uyushmasi rahbari

1 816
O'zA