O‘zA O`zbek

15.08.2018 18:00 Chop etish versiyasi

Dugonadan “olingan” 5 million so‘m pul yaxshilik keltirmadi

Dugonadan “olingan” 5 million so‘m pul yaxshilik keltirmadi Ayol kishiga nisbatan gumondor yoki jinoyatchi degan so‘zlarni ishlatish og‘ir. Lekin bugun ayollar tomonidan sodir qilinayotgan huquqbuzarliklar soni ortib borayotgani tashvishli holat.

Xiva shahrida yashovchi S.J. 1989 yilda tug‘ilgan. U 2018 yilning iyul oyida dugonalari bilan Xiva shahridagi kafelardan biriga ovqatlanishga boradi. S.J. dasturxon atrofida o‘tirgan dugonasi A.Gning hamyonidagi 50 ming so‘mlik bir taxlam pulga ko‘zi tushdiyu, fikri buziladi. Shundan keyin “qulay fursat”ni kuta boshlaydi. Gulbahor o‘z hamyonini qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, uning ichida bo‘lgan 5 million so‘mni hech kimga sezdirmasdan o‘g‘irlaydi.

Hech narsadan shubha qilmagan A.G. uyiga kelgach hamyonidagi pullari yo‘qligini bilib, kafeda birga ovqatlangan dugonalarining barchasidan so‘rab surishtirdi. Natija chiqmadi.

Shundan so‘ng u ichki ishlar bo‘limiga bu haqda xabar beradi. Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, jinoyat “issiq izi”da fosh etiladi. Ashyoviy dalil hisoblangan pullar o‘z egasiga to‘laligicha qaytariladi.

Dugonasining puliga ko‘z olaytirgan S.Jga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.Shokirov, O‘zA
1 852