O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

Dubay kompaniyalari Namanganda

Dubay kompaniyalari Namanganda

Birlashgan Arab Amirliklarining investitsiya kompaniyalari vakillari ishbilarmonlik tashrifi bilan Namanganda bo‘ldi.

Viloyat iqtisodiyotiga investitsiya kiritish taklifi bilan kelgan “Global Investment Fund” kompaniyasi hamkori Samir al-Hassan hamda “Forsan Al Aqsa Contracting” kompaniyasi rahbarlari Abdulrauf Sarxan va Axmad Tanbal bilan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov uchrashdi.

Uchrashuvda viloyatda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari, istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, “Namangan City” ishbilarmonlar markazi, “Smart ekositi” majmuasi, “Nanay turistik zonasi” loyihalari dubaylik investorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan investorlar shuningdek, viloyatda qishloq xo‘jaligi va parrandachilik sohalarida katta loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi.

Viloyat hokimligining axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda turli yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

353
Akramjon SATTOROV, O‘zA