O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

DOLZARB SAVOLGA ANIQ JAVOB: Narxlarni asossiz oshirishga uringanlarga qanday choralar koʻrilmoqda?

DOLZARB SAVOLGA ANIQ JAVOB: Narxlarni asossiz oshirishga uringanlarga qanday choralar koʻrilmoqda?

Dilshod Rahimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi:

– Karantin eʼlon qilingan shu kunlarda prokuratura, departament va soliq idoralari xodimlari barcha dehqon bozorlari, oziq-ovqat doʻkonlari, dorixonalar, ulgurji savdo bazalari va tovar xomashyo birjalarida narxlarning asossiz oshishini nazorat qilib bormoqda.

Hozirgacha 23 mingdan ortiq tadbirkordan narxlarni oshirmaslikka oid kafolat xati olindi.

Saxovatpesha tadbirkorlarimiz tomonidan 19 tonna kartoshka, 14 tonna piyoz, 11 tonna sabzi, 1 tonna karam, 4,5 tonna guruch, 19 tonna un, 1,5 tonna shakar, 1,5 tonna tuz, 5 tonna paxta yogʻi, 15 ming donadan ortiq qolipli non, qariyb 600 ming dona tibbiyot niqobi, salkam 8000 dona tibbiyot qoʻlqopi, 3,5 ming donadan koʻp antiseptik vositalar, 37,5 ming dona sovun va qariyb 14 tonna isiriq aholiga begʻaraz tarqatilganining oʻzi ham hamjihatligimiz namunasidir.

Bu ezgu, xayrli ishlar barchamizni insofga chorlaydi.

1 149
OʻzA