O‘zA O`zbek

26.03.2020 Chop etish versiyasi

DOLZARB SAVOLGA ANIQ JAVOB: Koronavirus qoʻzgʻatuvchisining bir necha turdagi serovarlari borligi haqida internet orqali oʻqidik. Shu rostmi?

DOLZARB SAVOLGA ANIQ JAVOB: Koronavirus qoʻzgʻatuvchisining bir necha turdagi serovarlari borligi haqida internet orqali oʻqidik. Shu rostmi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Koronavirus kasalligini qoʻzgʻatuvchi viruslarning 40 dan koʻproq serovarlari borligi tibbiy manbalardan maʼlum. Viruslar muntazam oʻzgarib turadi. Faqat mana shu SOVID-19 shtampi bilan chaqirilgan pandemiya davrining oʻzida virus genomlari oʻzgargan. Mutaxassislar mingdan ziyod virus genomini oʻrganib chiqdi. Aniqlanishicha, oxirgi 4 oy ichida koronavirus qoʻzgʻatuvchisi, yaʼni SOVID-19 ning besh xil turi paydo boʻlgan. Bularning barchasi toʻliq oʻrganilgan. Mutaxassislarning fikricha, mana shu turlarning yuqishiga qarab kasallikning kechishi har xil boʻlishi mumkin.

438
OʻzA