O‘zA O`zbek

30.03.2020 Chop etish versiyasi

DOLZARB SAVOLGA ANIQ JAVOB: Karantin davrida shaxsiy yoki xizmat avtomashinasida yurish uchun kimlarga ruxsat beriladi?

DOLZARB SAVOLGA ANIQ JAVOB: Karantin davrida shaxsiy yoki xizmat avtomashinasida yurish uchun kimlarga ruxsat beriladi? Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxruh Gʻiyosov:

– Fuqarolarga koʻchaga chiqmaslik haqida juda koʻp marotaba ogohlantirish berilishiga qaramasdan, koʻpchilik bunga rioya qilmadi. Shuning uchun hukumat qatʼiy cheklovlarni kiritishga majbur boʻldi.

Respublika maxsus komissiyasining talabiga koʻra, koʻchada harakatlanishga imkon beruvchi stiker faqat quyidagilarga beriladi:

– Oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, tibbiy buyumlar savdosi bilan shugʻullanadigan tashkilotlar xizmat va ular xodimlarining shaxsiy transportlari.

– Sanitariya va gigiyena mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va chakana savdo, dorixona faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar transport vositalari.

– Toshkent viloyati va Toshkent shahrida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli transport vositalari.

Boshqa transport vositalariga stiker berilmaydi. Shu bois, Davlat xizmatlari markazlarida toʻplanish ortiqcha vaqt sarflash va hayotingizni xavf ostiga qoʻyishdir.

1 646
OʻzA