O‘zA O`zbek

30.03.2020 Chop etish versiyasi

DOLZARB SAVOLGA ANIQ JAVOB: Karantin davrida kredit olish tartibi qanday? Kreditlar berilish muddati choʻziladimi?

DOLZARB SAVOLGA ANIQ JAVOB: Karantin davrida kredit olish tartibi qanday? Kreditlar berilish muddati choʻziladimi?

Husanxoʻja Obidov, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarma boshligʻi:

– Oʻzbekistonda kredit berish amaliyotlari toʻxtatilgani yoʻq. Banklar tomonidan barcha turdagi kreditlar ajratilmoqda. Yaʼni, banklar oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajaryapti.

Banklar mavjud kreditlar muddatini uzaytirib, qarz yuklarini kamaytirishga eʼtibor qaratayotganini ham inobatga olishingizni soʻraymiz.

Hozirgi kunda 10 mingga yaqin kredit muddati uzaytirildi.

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, koʻchalardagi bankomatlar operatsiyasi toʻxtatilmagan va ular yetarli miqdorda pul bilan toʻldirilgan. Bugungi kunda 5 mingdan ortiq bankomat ishlab turibdi. Ulardan naqd pul olish imkoni avvalgi tartibda amalga oshirilmoqda.

1 923
OʻzA