Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.08.2017 18:27 Chop etish versiyasi

Dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak» mavzuidagi ma’ruzasida belgilangan ustuvor vazifa va yo‘l-yo‘riqlar siyosiy partiyalarning faoliyatini takomillashtirish, ish uslubini tubdan o‘zgartirish, aholi, elektorat bilan muloqotini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ishtirokchisi, tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishni talab etmoqda.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashining navbatdagi plenumida davlatimiz rahbarining shu yil 12-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida so‘zlagan ma’ruzasi chuqur o‘rganilib, unda belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash masalalari muhokama etildi.

Kengash raisi vazifasini bajaruvchi O.Jiyanboyev va boshqalar yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar va islohotlarda faol ishtirok etish, aholi va yoshlarning farovon, tinch-totuv hayotini ta’minlashda siyosiy partiyalar ma’naviy qo‘rg‘on vazifasini o‘tashi kerakligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda kadrlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, partiya apparati xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etish, partiyaning tuman kengashlari moddiy-texnik ta’minotini yanada yaxshilash, qonunlarni qabul qilishda jamoatchilik va saylovchilarning keng ishtirokini ta’minlash va boshqa dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA
2 107






Все о погоде - Pogoda.uz