Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.09.2017 15:52 Chop etish versiyasi

Dolzarb masalalar muhokama qilindi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi huzuridagi «Siyosiy ta’lim markazi» hamda partiyaning Chilonzor tumani kengashi hamkorligida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 12-iyulda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” nomli ma’ruzacidan kelib chiqqan holda partiya tashkilotlari, deputatlik birlashmalari oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.

O‘zLiDeP va uning har bir faoli butun sa’y-harakati, bilimi va salohiyati bilan partiya faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, keng miqyosli islohotlarning tashabbuskoriga, yangilanishlarning faol ijrochisiga aylanishi lozimligi ta’kidlandi.

– Odamlar balandparvoz gaplarga emas, balki amaliy sa’y-harakatlarga ishonadi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi R.Karimov. – Har gal aholi bilan bevosita muloqot qilish chog‘ida bunga amin bo‘layapmiz. Tanqidiy fikrlardan tegishli xulosa chiqargan holda muloqotlarimizni ochiq va yangicha ruhda o‘tkazishga harakat qilmoqdamiz.

Yoshlar manfaatini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash, yigit-qizlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qismi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga, ijodiy to‘garaklar, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv kurslariga keng jalb etish kabi masalalar yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
957






Все о погоде - Pogoda.uz