O‘zA O`zbek

13.03.2018 08:30 Chop etish versiyasi

Doka ro‘mol qurimadi

Er bosh, xotin esa bo‘yin, deyishadi. Darhaqiqat bo‘yin qaysi tomonga burilsa, bosh shu tomonga qaraydi. Shu bois bir-birini yaxshi tushungan, mehr-oqibatli, turmushning zalvorli yukini birga ko‘taradigan er-xotinlarning oilasi tinch bo‘ladi.

Er-xotinning urushi – doka ro‘mol qurishi deyishadi. Biroq, arzimas sabablar bilan er-xotin o‘rtasida hadeb nizo kelib chiqadigan oila oxir-oqibat parokandalikka, tanazzulga yuz tutishi tayin.

Xonqalik X.U. nikohsiz yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘i J.Sh. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan nizo oqibati yaxshilikka olib kelmadi.

2018-yil 1-mart kuni navbatdagi oilaviy janjal erning o‘z xotiniga pichoq sanchishi bilan yakunlandi. Oxir-oqibatda ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Erga nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA
5 918