Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.03.2017 19:33 Chop etish versiyasi

Do‘stona yordam uchun samimiy minnatdorlik

O‘zbekiston Respublikasining Dushanbe shahridagi elchixonasiga Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi raisi Rustam Nazarzoda nomidan minnatdorlik maktubi keldi.

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq mamlakatimiz Favqulodda vaziyatlar vazirligi 7-mart kuni Tojikiston aholisi uchun og‘ir bo‘lgan damda oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, qurilish materiallari, ko‘mir, issiq kiyim va birinchi ehtiyoj uchun zarur bo‘ladigan boshqa tovarlardan iborat 60 tonnadan ziyod yukni tezkorlik bilan yetkazib bergan edi.

Rustam Nazarzoda o‘z maktubida yil boshida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgani va 500 dan ortiq katta qor ko‘chkisi ro‘y bergani oqibatida jabrlangan Tojikiston aholisiga O‘zbekistondan yuborilgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, R.Nazarzoda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ham tashakkurnoma yo‘llagan. Unda, jumladan, shunday deyiladi: «Tojikiston Respublikasi xalqi mamlakat hududida ro‘y bergan keng miqyosli favqulodda vaziyat munosabati bilan  O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan birdamlik va berilgan samimiy yordamni yuksak qadrlaydi. Ushbu yordam faqat hayot uchun zarur moddiy buyumlar bo‘lgani uchungina emas, balki avvalo, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p asrlik do‘stlik va hamkorlik rishtalarimizning ifodasi sifatida ko‘rsatilgan katta ma’naviy ko‘mak ekani bilan ham ahamiyatlidir».

O‘zA
733






Все о погоде - Pogoda.uz