O‘zA O`zbek

01.08.2018 16:14 Chop etish versiyasi

“Do‘stlik” yangi qiyofa kasb etmoqda

Hunarmandlar yurti Marg‘ilonning Do‘stlik mahallasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

“Obod mahalla” dasturi ijrosi doirasidagi qurilish-obodonlashtirish ishlari ko‘hna maskan qiyofasini tubdan o‘zgartirmoqda. Shu kunga qadar mahalla husniga soya solib turgan tor ko‘chalar, pastqam noturarjoy bino va inshootlarbuzib tashlandi. Ayni kunda qurilish jadal olib borilayotgan keng, ravon ko‘chalar, hashamatli bino va inshootlar, xizmat ko‘rsatish va servis tarmoqlarida yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar aholi turmush sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

2.JPG

Marg‘ilonda “Obod mahalla” dasturi bu yerdan boshlanishi bejiz emas. Bir tomoni qo‘shni Toshloq tumani bilan tutashgan hudud qarovsizlikdan ancha tashlandiq holga kelib qolgan edi. Mahallada bironta maktabgacha ta’lim muassasi, sport maydoni, maishiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘i mavjud emasdi.

Bugun manzara butkul boshqacha. Istiqbolli rejaga ko‘ra, hududdagi10 ta xonadon buzildi,ular uchun yangi yer uchastkalari ajratildi.

7.JPG

– Dastur doirasida hududimizdafuqarolar yig‘ini uchun yangi xizmat binosi, mahalla guzari, profilaktika inspektori uchun xizmat va turar-joy binosi quriladi, - deydi fuqarolar yig‘ini raisi Salimaxon Rustamova. – 100o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, 15 qatnov o‘rniga ega klinika, zamonaviy savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi bunyod etilmoqda. Tikuvchilik, etikdo‘zlik sexlari, hunarmandchilik ustaxonalari, bolalar o‘yin maydonchalari ishga tushirilishi mahalla qiyofasiga yangicha ko‘rk bag‘ishlaydi.Dastur doirasida belgilangan ishlar 500 dan ortiq ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

“Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi asosan hovli uylarda istiqomat qiladi. Shu kunlarda “Mo‘yi muborak” jome masjidini qayta qurish, sathini kengaytirishishlari olib borilmoqda. Hududdagi 294 ta uy-joy ta’mirdan chiqarildi, 4 ta ijtimoiy nochor oila uchun yangi uylar qurib berildi, 80 kam ta’minlangan oila xonadonlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Muqimjon Qodirov (surat) O‘zA
3 937