O‘zA O`zbek

12.09.2018 16:00 Chop etish versiyasi

Dmitriy Katerinich: muzokaralarning dastlabki raundi boʻyicha 2,5 million dollarilik shartnoma tuzishga tayyormiz

Dmitriy Katerinich: muzokaralarning dastlabki raundi boʻyicha 2,5 million dollarilik shartnoma tuzishga tayyormiz Bu boradagi fikr-mulohazalar poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida Oʻzbekiston – Belarus ishbilarmonlari va hududlararo hamkorlik forumi doirasida bildirildi.

Belarus Respublikasi “Belavtomaz“ xoldingi bosh direktori Dmitriy Katerinichning taʼkidlashicha, mamlakatlarimiz oʻrtasida faol rivojlanayotgan hamkorlik oʻzaro foydali kelishuvlarni amalga oshirish uchun qulay zamin yaratmoqda. Bugungi biznes-forum ana shunday ruhdagi sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun qulay imkoniyatdir.

– Oʻzbekiston – Belarus bozorlari bir-birini toʻldirish tamoyillariga asoslanadi, – dedi D.Katerinich. – Qoʻshma korxonalar faoliyati orqali mamlakatlarimiz mahsulotlari uchinchi davlat bozorlariga kirib bormoqda. Biz oʻzbekistonlik hamkorlar bilan istiqbolli loyihalarga erishish umididamiz. Oʻzbekiston biz uchun ishonchli sherik, mintaqadagi muhim bozordir. Shu bois forumda qiymati 2,5 million AQSH dollari miqdoridagi dastlabki shartnomalarga erishish umididamiz. Kelgusida bu raqamni oʻn barobargacha oshirish uchun harakat qilamiz.

Ulugʻbek Shonazarov, OʻzA
1 216