O‘zA O`zbek

05.09.2019 Chop etish versiyasi

“Diqqat, traktor!” tadbiri yoki paxta mavsumiga tayyormisiz?

“Diqqat, traktor!” tadbiri yoki paxta mavsumiga tayyormisiz?

Bir o‘qishda bu qanday tadbir bo‘ldi, degan fikr barchaning xayoliga kelgani aniq. Barchamizga ma’lumki, hozirda viloyatlarda qishloq xo‘jaligi ishlari avjiga chiqqan vaqt, qolaversa paxtakorlarimiz tomonidan yetishtirilgan hosilni ham hademay yig‘ib-terib olishga kirishamiz.

Avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan har qanday mexanizm avvalo harakat qatnashchisi hisoblanib, ularga qo‘yiladigan bir qator talablar mavjud. Xususan, traktorlarga xavfsizlik nuqtai nazaridan qo‘yiladigan asosiy talablardan biri ularning texnik soz holda bo‘lishi, tirkamalarning orqasiga nur qaytargichlar o‘rnatilishi lozim.

Shu maqsadda, Toshkent viloyati IIBB YHX boshqarmasi tomonidan navbatdagi profilaktik tadbir traktor va traktor haydovchilariga yo‘naltirilgan bo‘lib, joylarda traktor haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, traktorlarni va tirkamalarni texnik soz holda tegishli hujjatlar bilan boshqarish targ‘ibotiga qaratildi.

photo5442770535781083961.jpg

Targ‘ibot suhbatlari o‘tkazilishi bilan bir qatorda, avtomobil yo‘llarida olib borilgan reydlar davomida traktor haydovchilari tomonidan jami 13 ta, jumladan, 3 ta holatda tegishli hujjatlarsiz boshqarish, 2 ta holatda texnik nosoz holda boshqarish, 4 ta holatda traktor salonida odam tashish va 4 ta holatda boshqa ko‘rinishdagi qoidabuzarliklar aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, tadbirga jalb etilgan xodimlar tomonidan, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda paxta tashish uchun jalb etiladigan traktor tirkamalarining orqa qismiga xavfsizlik nuqtai nazaridan nur qaytargichlar o‘rnatish ishlari tashkil etilib, 88 tirkamaga nur qaytargichlar o‘rnatildi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etilgan texnika va mexanizmlar ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olishdan iborat.

2 885
O‘zA