O‘zA O`zbek

11.08.2020 Chop etish versiyasi

DIQQAT, TANLOV!

DIQQAT, TANLOV!


Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Ixtirochi ayollar markazi, Global ekologik jamgʻarmasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi tomonidan 16-sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuniga bagʻishlab “OZON – HAYOT UCHUN!” mavzusidagi ijodiy ishlar onlayn tanlovi oʻtkaziladi.

Tanlov maqsadi:

– tanlov orqali ozon qatlamini himoya qilish toʻgʻrisida aholining xabardorligini oshirish hamda ona tabiatni, xususan, ozon qatlamini saqlashgaboʻlgan munosabatini oʻzgartirish;

– tanlov ishtirokchilarini ozon qatlamining ahamiyati va ozon qatlamining yemirilishi oqibatlari haqidagi fikrlarni jamoatchilikka yetkazish;

– ishtirokchilarni bugungi karantin davrda boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanish va ragʻbatlantirish.

Tanlov 3 ta nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi:

  • “Eng yaxshi videorolik”,
  • “Eng yaxshi maqola”,
  • “Eng yaxshi sheʼr”.

“Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi boʻyicha ijodiy ishlar ona tabiatni, xususan, ozon qatlamini himoya qilish, ozon qatlamining ahamiyati va ozon qatlamining yemirilishini oqibatlari haqidagi davomiyligi 3 daqiqagacha tayyorlangan videorolik tarzida #ozon_qatlami_va_men, #ozon_hayot_uchun yoki #mening_oilam_va_ozon_qatlami xeshteglari ostida Facebook, Instagram hamda boshqa ijtimoiy sahifalarga joylashtirilishi va @ozonqatlami_bot telegramm-botiga belgilangan tartibda yuborilishi kerak. Videorolikni baholashda syujetning oʻziga xosligi, kreativ yondashuv, yangicha qarashlar va gʻoyalar eʼtiborga olinadi.

“Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi boʻyicha mavzuga oid maqolalar “Ozon — hayot uchun!” rukni ostida bosma ommaviy axborot vositalari yoki OAV sifatida rasmiy roʻyxatdan oʻtgan internet nashrlarida oʻzbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tillarida chop etilgan boʻlishi zarur.

“Eng yaxshi sheʼr” nominatsiyasi boʻyicha mavzuga oid teran gʻoyaga ega, badiiy yuksak, oʻziga xos ijodiy yondashilgan hamda bosma ommaviy axborot vositalari yoki OAV sifatida rasmiy roʻyxatdan oʻtgan internet nashrlarda chop etilgan sheʼrlar qabul qilinadi.

Tanlovga ish topshirish muddati: 2020-yil 3-avgustdan 5-sentyabr soat 18:00 gacha.

Onlayn tanlovda ishtirok etish uchun muallif quyidagi fayllarni bitta elektron jildda arxivlab @ozonqatlami_bot telegramm-botiga yuborishi kerak:

  • Ariza shakli - Tanlov ishtirokchisining Anketasi.

2. Ijodiy ishining elektron shakli:

- “Eng yaxshi videorolik” uchun avi, mp4 yoki mpeg formatdagi videorolik;

- Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan sheʼr yoki maqolaning PDF formati yoki skaner qilingannusxasi;

- Maqola yoki sheʼrning internet nashrda chop etilgan manzili;

3. Tanlovda qatnashayotgan ishning Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan manzili;

4. Pasport (yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnoma) elektron nusxasi.

Tanlov va ozon qatlami boʻyicha maʼlumotlar bilan tanishish hamda ishtirokchining anketasini yuklab olish uchun www.o3.uz saytiga tashrif buyurish mumkin.

Tanlov gʻoliblari hamda faol ishtirokchilar “16-sentyabr — Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni”da eʼlon qilinadi va diplom hamda esdalik sovgʻalar( har bir nominatsiya boʻyicha 1-oʻringa televizor, 2-oʻringa - smartfon, 3-oʻringa – aqlli bilaguzuk) bilan taqdirlanadilar.

Tanlov yuzasidan 93-171-70-17, 90-594-24-79 telefon raqamlariga yoki @ozonqatlami_bot telegramm-botiga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatma: Mavzuga aloqador boʻlmagan ishlar tanlovda ishtirok etmaydi. Tanlovga har bir ishtirokchidan faqat bitta ijodiy ish qabul qilinadi.


1 588
O'zA