O‘zA O`zbek

20.08.2018 13:05 Chop etish versiyasi

“Diqqat piyoda!” tadbirida323 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

“Diqqat piyoda!” tadbirida323 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi
Qoidabuzar piyodalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi talablari bo‘yicha jarimaga tortildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi YHXB tomonidan piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, ularning serqatnov yo‘llar va chorrahalarda belgilangan joylardan yurishini nazorat qilish maqsadida bir kunlik “Diqqat piyoda!” profilaktik tadbirio‘tkazildi.

Tadbir davomida viloyat hududida transport vositasi serqatnov yo‘llarga yaqin bozor, korxona va tashkilotlar qarshisida joylashgan piyodalar o‘tish joylariga yo‘l-patrul xizmati inspektorlari biriktirilib, harakat xafvsizligini ta’minlash bilan bir qatorda aholiga piyodaning yo‘llarda harakatlanish tartibi tushuntirib o‘tildi.

Qoidabuzarlik sodir etgan piyodalar aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasi talablari bo‘yicha piyodalarga 323 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jazo chorasini ko‘rish maqsadida piyodalarning yashash hududidagi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga jo‘natildi.

O‘zA
1 735