Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.02.2017 20:13 Chop etish versiyasi

Dilafro‘z – eng faol

Andijonda “Yilning eng faol ayoli” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan partiya safidagi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, tashabbuskor va faol ayollar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tanlovda quyi bosqichlarda g‘olib bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Partiya viloyat kengashi tasarrufida 212 boshlang‘ich tashkilot faoliyat ko‘rsatib, o‘z safiga 9 mingdan ziyod a’zoni birlashtirgan. Ularning 50 foizdan ziyodini xotin-qizlar tashkil etadi.

Tanlovda ishtirokchilarning partiya nizomi, dasturiy maqsad va vazifalaridan qay darajada xabardorligi, huquqiy bilimi, liderlik va notiqlik mahorati sinovdan o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Paxtaobod tumanidagi 13-umumta’lim maktabi direktori o‘rinbosari Dilafro‘z Ma’murova g‘olib topilib, tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlovda “Eng tashkilotchi ayol”, “Eng oqila ayol” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
393






Все о погоде - Pogoda.uz