O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

“Deputatning so‘roviga na javob yo‘llangan va na holat borib o‘rganilgan": “Hududiy elektr tarmoqlari”dan MUNOSABAT

“Deputatning so‘roviga na javob yo‘llangan va na holat borib o‘rganilgan": “Hududiy elektr tarmoqlari”dan MUNOSABAT

Joriy yilning 6 noyabr kuni UzA.uz saytida “Deputatning so‘roviga na javob yo‘llangan va na holat borib o‘rganilgan” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. 

Unda “Adolat” SDP Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputatlaridan biri Orif Egamov Buxoro shahridagi “Alisher Navoiy” MFY hududidagi “Mextar ambar” ko‘chasida ayrim simyog‘ochlarning nosoz holda ekanligi, yoritish chiroqlarining yo‘qligi to‘g‘risidagi muammolar qayd etilgandi. Ushbu holat “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan o‘rganilib, quyidagilar ma’lum qilinadi. 

Ayni paytda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”ning maxsus ishchi-guruhi tashkil qilinib, zarur tayanch ustunlar olib borilib, o‘rnatish ishlari jadal davom ettirilmoqda. Ushbu olib borilayotgan ishlar bugun 7 noyabr kuni kechgacha yakuniga yetkazilib, elektr energiyasi tarmoqqa ulab beriladi.

Buxoro shahridagi “Alisher Navoiy” MFY hududidagi “Mextar ambar” ko‘chasidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq olib borilayotgan ishlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan nazoratga olingan. 

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holatlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishga tushirilgan Call-Markazining 11-54 raqami yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali (@hetmuloqot, @HET_admin) orqali ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingizni so‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

250
O‘zA