O‘zA O`zbek

03.03.2020 Chop etish versiyasi

Deputat uchun nima muhim? Deputatlikmi yoki saylovchilar ishonchi....

Deputat uchun nima muhim? Deputatlikmi yoki saylovchilar ishonchi....

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi Madina Baratova oʻz saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashdi.

Buxoro shahridagi Bahouddin Naqshband va A.Sifatmuniy mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan ochiq muloqotda saylovchilar A.Somiy koʻchasida tungi chiroqlar yoʻqligi, ichki yoʻllarning taʼmirtalabligi boʻyicha murojaat qildi.

Deputat mavjud muammolarni oʻrganar ekan, tegishli tashkilot vakillari bilan masalaga ijobiy yechim topishga harakat qildi. Xalq vakili hunarmandlar bilan ham uchrashdi.

“Ulugʻbek” MFY hududida joylashgan “Atlas“ mehmonxonasi va “Tim Abdullaxon” madaniy yodgorlik majmuasida joylashgan gilam toʻqish sexining rahbari Baxshan Fayziyeva 22 yildan buyon tadbirkorlik bilan shugʻullanadi. Tadbirkor soliq va boshqa toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmoqda. Lekin foydalanayotgan madaniy yodgorlik majmuasi taʼmirtalab ahvolda. Deputat M.Baratova muammoga yechim topish asnosida tadbirkor bilan maslahatlashib, boshqa manzilda oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun sharoit yaratib berdi.

Shuningdek, deputat saylovchilar bilan uchrashuvlari doirasida Buxoro shahridagi Yoshlar markazida boʻlib, “Deputat va yoshlar” loyihasi doirasida bir guruh oʻgʻil-qizlar bilan uchrashdi. Mamlakatimizda qabul qilinayotgan yangi qonunlar haqida yoshlarga batafsil tushuncha berdi.

Samimiy muloqot tarzida oʻtgan uchrashuv qizgʻin bahs munozaralarga boy boʻldi.

1 610
Zarif KOMILOV, OʻzA