Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.02.2018 13:56 Chop etish versiyasi

Denovlik jinoyatchi Samarqandda ushlandi

Xalqimiz buzoqning yugurgani somonxonagacha, deb bejiz aytmagan. Lekin, Surxondaryo viloyati Denov tumani Qorako‘z mahallasida yashovchi M.A. bu hikmatning ma’no-mazmunini 31 yoshida ham anglab yetmabdi.

2016-yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 246- va 276-moddalari 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochdi. Natijada jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudi tomonidan qidiruvga berildi. U bir yilu olti oy o‘tib, Denov tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida qo‘lga olindi.

Ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
3 243