O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Dehqon bozorlarida shu kunlardagi narx-navo qanday?

Dehqon bozorlarida shu kunlardagi narx-navo qanday?

Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatimizning hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 5 noyabr kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini aniqladi.

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da 35 ming so‘m etib qayd etildi. Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da 57 ming so‘mligi kuzatildi.

Shuningdek, kuzatuv natijasiga ko‘ra, qo‘y go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da 36 ming so‘mdan ro‘yxatga olingan. Toshkent shahridagi maksimal narx esa “Oloy dehqon bozori”da 63 so‘m etib belgilangan.

Sabzavotlardan kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Eski jo‘va dehqon bozori”da 1 ming 200 dan, maksimal narxlari yesa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da 4 ming so‘mligi qayd etildi.

Shuningdek, piyoz mahsulotining minimal narxi Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Qarshi shahrining “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori“, “Damariq dehqon bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori” hamda Farg‘ona shahrining “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”da 1 ming so‘mdan sotilmoqda. Maksimal narxlar esa Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da 3 ming 500 ni tashkil etdi.

Sabzi mahsulotining minimal narxi Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da 800 so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da 5 ming so‘mdan sotilgan.

Guruch mahsulotlariga kelsak, minimal narx Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da 4 ming so‘m, maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 18 mingni tashkil etmoqda.

O‘simlik yog‘i minimal narxi Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori“, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da 9 ming so‘mdanligi kuzatildi. Maksimal narx esa Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”da 13 ming 500 so‘mni tashkil qildi.

Shakar mahsulotlarining minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da 5 ming 200 so‘mdan. Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da 7 ming so‘mdan kuzatildi.

317
O‘zA