O‘zA O`zbek

21.10.2019 Chop etish versiyasi

Davud Gazi Benli “Til bu millatning ovozsiz bayrog‘idir” (VIDEO)

Davud Gazi Benli “Til bu millatning ovozsiz bayrog‘idir” (VIDEO)

“Til, bu – millatning ovozsiz bayrog‘idir. U hilpirab turar ekan, millat yashashda davom etadi. O‘zbek tilining mustaqilligi, davlat mustaqilligidan avval e’lon qilingan. Bu juda muhim”, deydi Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot maslahatchisi Davud Gazi Benli janoblari.

Davud Gazi Benli O‘zbekistondagi faoliyati davomida o‘zbek tilini ommaviy axborot vositalari orqali oson o‘rganganini so‘zlab berdi. 

“Har kuni tongda o‘zbekcha gazetalarni o‘qiyman, mashinamda o‘zbekcha radiolarni eshitaman va televizorda ham o‘zbek telekanallarini ko‘raman va shu orqali o‘zbek tilini o‘rgandim. O‘zbek tili turkiy tillarning eng qadimiysi unga hurmatim baland, lekin shu o‘rinda hozirda o‘zbek jamiyatida til bilan bog‘liq ayrim muammolar ham bor”, deydi u. 

Toshkentda ba’zi tadbirlarning o‘zbek tilida o‘tmasligi, ko‘cha-ko‘yda ba’zi o‘zbek bolalarining o‘z tilida so‘zlashmasligi e’tirozi borligini aytdi. 

To‘liq suhbatni quyida tomosha qiling. 


442
Anora SODIQOVA, Nishonboy ABDUVOITOV, O‘zA