Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.08.2017 16:16 Chop etish versiyasi

Davron Nazarmuhamedov: tinchlikka rahna solishga qaratilgan harakatlar bartaraf etilmoqda

O‘zA muxbiri Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi oldidan mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, huquq-tartibotni mutahkamlash yuzasidan qilinayotgan ishlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhamedov bilan suhbatlashdi.

– «Tozalash-antiterror» tadbirlarida qanday natijalarga erishilmoqda?

– Mazkur tadbirga 15 mingdan ziyod ichki ishlar organlari xodimlari hamda 27 mingdan ortiq jamoatchilik vakillari jalb etilgan. Ular ishtirokida mahallalarda joylashgan obyektlarning barchasi xavfsizlik nuqtai nazari bilan o‘rganib chiqildi.
Jumladan, ko‘p qavatli uylar, hovlilar, korxona va tashkilot, mehmonxona, muassasa, kafe-bar va restoranlar, savdo va xizmat ko‘rstuvchi obyektlar, qurilishi tugallanmagan joylar, garajlar va hokazolar o‘rganib chiqildi. Shu asnoda qariyb 10 ming huquqbuzarliklar aniqlandi. Aybdorlarning tegishli tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.

Shubha uyg‘otganligi yoki huquqbuzarlik sodir etganligi uchun 16 mingga yaqin shaxs ichki ishlar organlariga olib kelindi. Ular bilan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.

Tadbir davomida jami 660 nafar huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxs aniqlanib, profilaktik hisobga olindi. 454 nafar jinoyat sodir etib qidiruvda yurgan shaxslar ushlandi. Tekshiruvlar davomida 10 qurol, 4 o‘q-dori, 5 diniy ekstremistik oqimlarga mansub adabiyot va varaqa olindi. Jinoyatchi shaxslardan 126 kilogrammdan ortiq giyohvand modda olindi. Blok postlar va chegara maskanlarida barcha avtoulov hamda poyezdlar tekshiruvdan o‘tkazilayotir. Aniqlangan qonunga zid holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Pasport-viza qoidalarini buzgan 3 mingga yaqin shaxs javobgarlikka tortildi. O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish qoidalarini buzgan 13 nafar xorij fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs mamlakatdan chiqarib yuborildi.

Suhbatning to‘liq matni bilan tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.

O‘zA
993






Все о погоде - Pogoda.uz