Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.12.2017 20:15 Chop etish versiyasi

Davolash muassasalariga zamonaviy reanimobillar topshirildi

Davolash muassasalariga zamonaviy reanimobillar topshirildi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman va shahar tibbiyot birlashmalariga "HYUNDAI” rusumli 10 zamonaviy reanimobil topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari O.Hamroyev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, davolash muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

9 (1).jpg

– Sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan dastur asosida 2013 yildan buyon “Salomatlik-3” loyihasi bo‘yicha umumiy qiymati 20 milliard so‘mlik zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnikalar olindi, – deydi Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i T.Ro‘zmetova. – Xususan, tibbiyot muassasalari Yaponiyada ishlab chiqarilgan 6 dona “NISSAN” rusumli maxsus tez yordam avtotransporti, 27 zamonaviy rentgen diagnostika, 41 digitayzer, 31 ultra tovush tekshiruvi uskunalari, 68 xil stomatologiya anjomi bilan ta’minlandi.

3 (1).jpg

“Salomatlik-3” loyihasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tarkibidagi davolash muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish, yurak-qon tomir, qandli diabet, nafas yo‘llari kasalliklarini samarali davolash, shifoxonalarning ixtisoslashtirilgan statsionar va konsultativ-ambulator yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

6 (1).jpg

Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan maxsus tibbiyot avtomashinalari Beruniy, Qorao‘zak, Kegeyli, Mo‘ynoq, Nukus, Xo‘jayli, Shumanay, Ellikqal’a, Taxiatosh tumanlari hamda Nukus shahri tibbiyot birlashmalariga berildi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
9 627