O‘zA O`zbek

30.03.2020 Chop etish versiyasi

Davolanish uchun shifoxonaga shaxsiy mashinada borishga ruxsat beriladimi?

Davolanish uchun shifoxonaga shaxsiy mashinada borishga ruxsat beriladimi?

AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Brifingda Shohrux Gʻiyosov “Mening otamni koʻzlari koʻrmaydi, har ikki kunda Sebzordagi kasalxonaga olib borib tegishli muolaja oʻtkazishlari zarur. Bunday holatda shaxsiy transportimdan foydalansam boʻladimi?”, “Mening farzandimga travmotologiyadan bugun javob berishdi, uni oʻz shaxsiy transportimda borib olib kelsam boʻladimi?” “Ayolim homilador, tugʻruqxonaga muolaja olishimiz zarur, nima qilay?” degan bir qator savollarga quyidagicha javob berdi.

- Albatta, agar sizni, yoki yaqinlaringizni kasalxonaga olib borishga jiddiy zarurat tugʻilsa, shaxsiy transport vositangizdan foydalanishingiz mumkin.

Bunday holatda Yoʻl patrul xodimlari toʻxtatsa, hissiyotga berilmasdan, asabbuzarlikka yoʻl qoʻymay, yuzaga kelgan vaziyatni va koʻchaga chiqish sababini toʻgʻri tushuntirsangiz, ular ham holatni toʻgʻri tushunishadi.

Kerak boʻlsa, qoʻlidan kelganicha sizga yordam berishadi. Lekin buni suiisteʼmol qilish kerak emas.

930
OʻzA