O‘zA O`zbek

27.08.2018 18:49 Chop etish versiyasi

Davlat xizmatlari: tezkor va qulay

Davlat xizmatlari: tezkor va qulay

Mamlakatimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan davlat xizmatlari markazlari jismoniy va yuridik shaxslarga namunali xizmat koʻrsatmoqda.

Buni Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani davlat xizmatlari markazi faoliyati misolida koʻrish mumkin. Joriy yilning oʻtgan davrida markazda 1 ming 458 tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Shundan 338 tasi yuridik, 1 ming 120 tasi jismoniy shaxslardir.

1 (1).jpg

– Markaz tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida 12 ming 900 ga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatildi, – deydi markaz direktori Baxtiyor Sattorov. – Koʻrsatilayotgan xizmatlardan aholi mamnun. Boisi markazga qilingan murojaatlar tez va oson bitadi. Bundan tashqari, haftaning har shanba va yakshanba kunlari sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatish maqsadida tumandagi bozor, savdo majmualari va borish qiyin boʻlgan aholi punktlariga yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda davlat xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda. Umumiy hisobda hozirgi kunda yuridik va jismoniy shaxslarga 70 turdan ziyod davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda.

Darhaqiqat, davlat xizmatlari faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi fuqarolarning ham vaqti, ham mablagʻini tejashga xizmat qilmoqda. Aholi tomonidan qilinayotgan har bir murojaat eʻtiborda.

3.jpg

– Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida 30 sotix yer olgan edim, – deydi yakkabogʻlik Uchqun Eshmoʻminov. – Shu joyni dehqon xoʻjaligiga aylantirish boʻyicha davlat xizmatlari markaziga murojaat qildim. Murojaatim tezda koʻrib chiqilib, ijobiy hal etildi. Yerni hujjatlashtirish ishlari ortiqcha ovoragarchiliksiz hal boʻldi. Bundan juda mamnun boʻldim. Boisi bu muammoga ilgari ham duch kelganman. Bir maʻlumotnoma olish uchun tuman markaziga uch kun qatnagan kunlarimiz ham boʻlgan.

Oʻ.Barotov, OʻzA
2 858