O‘zA O`zbek

22.09.2020 Chop etish versiyasi

Davlat xizmatlari : tezkor, qulay va sifatli xizmat

Davlat xizmatlari : tezkor, qulay va sifatli xizmat

Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan Prezidentimizning 2020-yil 31-yanvardagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash borasida tuman va shahar markazlaridan olis hududlarda tashkil etilayotgan filiallar yana bittaga kӱpaydi. 

Toʻrtkoʻl tumani Davlat xizmatlari markazining “Yonboshqalʼa” ovul fuqarolar yigʻini hududidagi filiali ish boshladi. Xalqimiz ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilish, odamlarni oʻylantirayotgan muammolarga joyida yechim topish bugun mamlakatimiz boʻylab davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatning bosh gʻoyasi sanaladi. Davlat xizmatlari agentligi ham bu borada keng koʻlamli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasining 17 ta hududida faoliyat olib borayotgan Davlat xizmatlari markazida aholiga 140 dan ortiq davlat xizmati koʻrsatib kelinmoqda.
photo_2020-09-22_19-37-03.jpg

Tuman markazidan 65 kilometr uzoqlikda joylashgan mazkur ovul fuqarolar yigʻinida foydalanishga topshirilgan filial aholi uchun ajoyib sovgʻa bӱldi. Mazkur filial tumanning “Qumboskan”, “Paxtaobod”, “Koʻkcha” ovul fuqarolar yigʻinlari aholisiga xizmat kӱrsatadi.

–Ilgari ushbu hudud va unga tutash mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi turli xizmatlardan foydalanish uchun tuman markaziga borishiga tӱgʻri kelar edi, – deydi “Yonboshqalʼa” ovul fuqarolar yigʻini faoli Abdurasul Pazilov. – Bu esa aholining ortiqcha vaqt va mablagʻ sarflanishiga olib keladi. Davlat xizmatlari markazi filiali faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi esa hudud aholisini yillar davomida qiynab kelgan muammolari yechimi yoʻlidagi muhim qadam boʻldi. Shu kunning oʻzida mazkur filialda 17 nafar bola davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga navbatga qoʻyildi, 5 nafar fuqaro kadastr pasportini ishlatish va 8 nafar fuqaro muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha ariza berdi. Biz yaratilayotgan bunday sharoitlardan juda mamnunmiz.

photo_2020-09-22_19-37-06.jpg

Darhaqiqat, tumanning eng olis hududida istiqomat qiluvchi 15 mingdan ortiq aholi ushbu shinam maskanda tezkor, qulay va sifatli davlat xizmatlarini olish imkoniga ega boʻldi. Ularning tumandagi Davlat xizmatlari markaziga borish uchun sarflanadigan vaqtlari ham, naqdlari ham tejaladigan boʻldi.

Tuman va shahar markazlaridan olis boʻlgan mahallalarda istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Moʻynoq tumani markazidan 96 kilometr uzoqlikda joylashgan, jami 4471 nafar aholiga xizmat kӱrsatadigan “Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yigʻini hududida, Ellikqalʼa tumani markazidan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan, 33897 nafar aholiga xizmat kӱrsatadigan “Sarabiy” ovul fuqarolar yigʻini hududida, Beruniy tumani markazidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan, 33897 nafar aholiga xizmat kӱrsatadigan Abay ovul fuqarolar yigʻini hududida mana shunday filiallar tashkil etildi.

photo_2020-09-22_19-37-09.jpg

–Chekka hududlarda tashkil etilgan filiallarning asosiy vazifasi, jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli, shu jumladan mobil (sayyor) davlat xizmatlarini koʻrsatish, fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirishdir, – deydi Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Kazbek Artыqov. – Shuningdek yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning boshlangʻich koʻnikmalari boʻyicha maslahatlar berish, tegishli hudud aholisini koʻrsatiladigan davlat xizmatlari haqida muntazam xabardor qilib borishdan iborat. 

Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshiriilayotgan keng kӱlamli islohotlar natijasida bugun davlat bilan xalq oʻrtasidagi muloqot yangi bosqichga koʻtarildi, – desak mubolagʻa bӱlmaydi. Chunki xalqning ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilish, ularga yana-da qulaylik yaratish va shaffofligini taʼminlashga qaratilgan davlat xizmatlarini koʻrsatishning yangicha tizimi hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Maqsad, xalqimizga tezkor, qulay va sifatli xizmat koʻrsatish va eng muhimi, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklarini bartaraf qilishdan iborat. Aynan mana shunday qulaylik va uzoqni yaqin qilishda esa joylarda tashkil etilgan filiallar asosiy omil bӱlib xizmat qiladi.


6 956
Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA