Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.02.2018 21:00 Chop etish versiyasi

Davlat xizmatlari markazlariga avtomashinalar topshirildi

Davlat xizmatlari markazlariga avtomashinalar topshirildi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tuman markazlariga xizmat avtomashinalari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi raisi X.Halimov va boshqalar aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

2.jpg

Prezidentimizning 2017-yil 12-dekabrdagi "Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni asosida Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi, uning tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, shahar va tuman markazlari tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan "bir darcha" tamoyili asosida faqat tadbirkorlik subyektlariga emas, balki joriy yildan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatiladi.

Ularning xizmat avtomashinalari bilan ta’minlanishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshiradi, uning tezkorligi va ochiqligini ta’minlaydi. Eng muhimi, olis va chekka hududlarda yashaydigan fuqarolarning ham davlat xizmatlaridan foydalanishiga keng imkoniyat yaratadi. "Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi", degan tamoyilga muvofiq, yangi tizim Prezidentimizning "Xalq davlat idoralariga emas – davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak", degan ezgu g‘oyasini so‘zsiz amalga oshirishga xizmat qiladi.

6.jpg

Tadbirda Davlat xizmatlari agentligining shahar va tuman davlat xizmatlari markazlariga xizmat avtomashinalari topshirildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Erniyazov so‘zga chiqdi.

Anvar Nasirlayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
13 077