O‘zA O`zbek

04.07.2020 Chop etish versiyasi

Davlat xizmatlari markazining “Orzu” filiali ish boshladi

Davlat xizmatlari markazining “Orzu” filiali ish boshladi

Namangan shahar davlat xizmatlari markazining “Orzu” filiali foydalanishga topshirildi.

Oʻtgan vaqtga nazar soladigan boʻlsak, 2019-yil davomida Namangan shahar davlat xizmatlari markaziga 757 ming 956 nafar fuqaro tashrif buyurgan. Yangi ochilgan filial sabab, 87 mingdan ortiq fuqaroning manzili yaqin boʻldi. Filial ochilishi markaz xodimlarining ish unumdorligiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

–Avvallari biror bir xizmat uchun markazga borishga majbur edik, - deydi “Orzu” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Ahmadjon Mavlonov.– Ayniqsa, pandemiya davrida fuqarolarimizga manzilning olisligi qiyinchilik tugʻdirayotgan edi. Endi aholi oʻz yashash joyiga yaqin hududda davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Aytish joiz, hududda 405 ta oila uchun qurilayotgan zamonaviy uy-joylarning hujjatlari endi markazda emas balki, mana shu filialda rasmiylashtiriladi.

1 673
Hotam MAMADALIYEV(surat), OʻzA