O‘zA O`zbek

05.09.2019 Chop etish versiyasi

Davlat xizmatlari markazi xalq xizmatiga shay

Davlat xizmatlari markazi xalq xizmatiga shay

Respublikamizning barcha hududlarida yangi zamonaviy va har tomonlama qulay Davlat xizmatlari markazlari binolari foydalanishga topshirilmoqda. 

Xususan, Urganch tumani Davlat xizmatlari markazi yangidan qurilib, eng so‘ngi rusumdagi texnik vositalar bilan ta’minlangan, keng va yorug‘ xonalari xalq xizmatiga shay qilib qo‘yildi.

Binoda murojaat qiluvchi aholiga barcha qulayliklar yaratib qo‘yilgan bo‘lib, kitobxonlar uchun kutubxona, yosh bolali onalar farzandlari uchun o‘yinchoqlar bilan to‘ldirilgan maxsus xona, shuningdek, ovqatlanish xonalari ham mavjud. Albatta ushbu sharoitlarning bari yurtdoshlarimizning davlat xizmatlaridan ko‘ngli to‘lib va unumli foydalanishlari yo‘lida qilinayotgan say’-harakatlardir.


photo5442921409392257702.jpg

photo5440628266223382736.jpg

1 977
O‘zA