O‘zA O`zbek

18.08.2018 13:08 Chop etish versiyasi

Davlat xizmatlari agentligi kollegial seminarda ishtirok etdi

Davlat xizmatlari agentligi kollegial seminarda ishtirok etdi

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining vakillari “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan tashkillashtirib kelinayotgan navbatdagi haftalik kollegial seminarida ishtirok etishdi.

Tadbirda davlat va xo‘jalik organlarining AKT bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislari ishtirok etdilar.

Davlat xizmatlari agentligining AKTni joriy etish bo‘limi xodimlari tinglovchilarga sohada amalga oshirilgan ishlari hamda bugungi kunda ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida tushuntirish berdilar.

Mazkur Agentlikning yetakchi maslahatchisi Azizbek Rahmatov o‘z taqdimotida ta’kidlaganidek, avval Davlat xizmatlari markazlarida 20-30 nafarga yaqin odam murojaat qilgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 300-700 nafarga yaqinlashdi.

Hozirgi kunda Markazlar aholiga 100 ga yaqin xizmatni ko‘rsatmoqda. 2025 yilgacha ularning soni 400 ga yetishi kutilmoqda.

O‘zA
1 521