O‘zA O`zbek

22.10.2019 Chop etish versiyasi

Davlat xizmatchisi qonunlarni bilish bilan cheklanmay, ularning ijrosini toʻgʻri yoʻlga qoʻyishi zarur

Davlat xizmatchisi qonunlarni bilish bilan cheklanmay, ularning ijrosini toʻgʻri yoʻlga qoʻyishi zarur

Adliya vazirligi davlat tashkilotlarida xodimlarga bepul huquqiy maslahat kurslarini tashkil etib kelmoqda.

Ushbu kurslarda davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligini taʼminlash hamda qonun hujjatlarining ijrosini toʻgʻri yoʻlga qoʻyishga eʼtibor qaratilmoqda.

Navbatdagi tadbir Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida oʻtkazildi.

Xodimlarga Konstitutsiya va inson huquqlari, mehnat qonunchiligi normalari, murojaatlar bilan ishlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va kelishish tartibi hamda soha faoliyatiga oid qonunchilik boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Oʻquv kursida Adliya vazirligi masʼul xodimlari, Toshkent davlat yuridik universiteti professor oʻqituvchilari va Yuristlar malakasini oshirish markazining malakali xodimlari ishtirok etdi.

Oʻquv mashgʻuloti davomida huquqiy maʼlumotlar berish bilan birga xodimlarning qonun hujjatlaridan xabardorlik darajasi oʻrganilib, ularni qiziqtirgan koʻplab savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

590
Shuhrat Neʼmatov, OʻzA