O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

11.09.2018 10:07 Chop etish versiyasi

Davlat xizmatchisi lavozimiga munosibligini isbotlashga intilmoqda

Davlat xizmatchisi lavozimiga munosibligini isbotlashga intilmoqda

Davlat xizmatchisi oʻzining kundalik faoliyati bilan egallab turgan lavozimiga munosibligini isbotlashi talab etilmoqda. Bu esa davlat boshqaruvining barcha boʻgʻinlarida xodimlardan yangicha fikrlash, innovatsion yondashishni hamda doimiy ravishda oʻz bilim, malaka va koʻnikmalarini oshirib borishni taqozo qilmoqda. 

photo5238194032222513596.jpg

Shu bois ham Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati va hududiy organlari xodimlari kasbiy malakasini oshirish boʻyicha nazariy va amaliy oʻquv seminarlari oʻtkazilmoqda. Tasdiqlangan jadvalga koʻra, yil oxiriga qadar 2500 dan ortiq xodimni nazariy va amaliy seminarlarga jalb etish rejalashtirilgan.

Sentyabr oyining ilk haftasida kadrlar, hujjatlar va murojaatlar bilan ishlashga mutasaddi va yuridik xizmat boʻlinmalari xodimlari malakalarini oshirgan boʻlsa, joriy haftadan hududiy organlarning investitsiyalarni jalb etish, innovatsiyalarni va axborot texnologiyalarini joriy etish boʻlimlari xodimlari amaliy seminarlarda ishtirok etishni boshladi.

OʻzA