O‘zA O`zbek

11.08.2020 Chop etish versiyasi

Davlat xavfsizlik xizmati tizimida yangi harbiy-akademik litsey tashkil etiladi

Davlat xavfsizlik xizmati tizimida yangi harbiy-akademik litsey tashkil etiladi

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (2020-yil 11-avgust, № 473) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori eʼlon qilindi.

Ushbu qarorga koʻra, Oʻzbekistan Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tizimida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi tashkil etish belgilandi.

Litseyning asosiy vazifalari etib oʻquvchilarda halollik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxsiy xislatlarini, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish;

Oʻzbekistan xalqiga sodiq qatʼiy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan oʻquvchilarni tarbiyalash;

Intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, oʻquvchilarda harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish;

jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, Oʻzbekistan Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash maqsad qilingan.

Mazkur litsey Oʻzbekistan Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati muassisligidagi davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi.

litseyga qabul va oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi;

litseyda oʻquv jarayoni davomiyligi ikki yil boʻlib, yillik qabul kvotasi 100 nafarni tashkil etadi;

litsey Termiz davlat universiteti va Oʻzbekistan Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasiga biriktiriladi.

2 201
O'zA