O‘zA O`zbek

17.12.2019 Chop etish versiyasi

Davlat test markaziga ilk bor press-tur tashkil etildi

Davlat test markaziga ilk bor press-tur tashkil etildi

Davlat test markazi boʻylab ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun sayohat tashkil etildi. Unda davlat test markazining faoliyati bilan yaqindan tanishish, video, audio, foto materiallar tayyorlash uchun imkoniyat yaratildi.

2019/2020-yilgi test jarayonlarida yangiliklar koʻp boʻldi. Test sinovlari atrofida tarqalgan gap-soʻzlar oshkoralikni oshirish lozimligini koʻrsatmoqda. Ana shunday ishlardan biri, test natijalari bir kunda maʼlum qilinishi boʻldi. Zamonaviy texnologiya asosida ish olib borish, abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish, test savollarini tuzish, javob varaqalarini tayyorlash, joylarga yetkazish DTM tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida amalga oshirib kelinmoqda.

Maʼlumki, test sinovlari 1 kunda oʻtmaydi, ammo abituriyentning necha ball toʻplagani imtihonning ertasiga aniq boʻladi. Bunda ish jarayonlari, qanday texnikalardan foydalanilishi, xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi, jarayonning shaffofligini taʼminlash borasida Davlat test markazidagi shart-sharoitlar xususida maʼlumot berildi.

DTM 1993-yilda tashkil etilgan. Mazkur press-tur ilk marotaba oʻtkazildi.

Sayohat davomida abituriyentlarning hujjat topshirishidagi vaziyat, test savollarining tuzilishi, ekspertlar faoliyati, javoblarni tekshirish jarayoni, hujjatlarni saqlash, uni yoʻq qilish muddatlari va shakli, maʼlumotlarni saqlash borasidagi ishlar xususida batafsil maʼlumotlar olindi.

Materialning toʻliq shaklini tez orada saytimizda eʼlon qilamiz.

1 825
OʻzA