O‘zA O`zbek

16.08.2018 12:21 Chop etish versiyasi

Davlat statistika qo‘mitasi raisi tizimga shaffoflik olib kirmoqchi

Davlat statistika qo‘mitasi raisi tizimga shaffoflik olib kirmoqchi

Gapning ochig‘i ko‘pchilik statistika tahlillarga, ijtimoiy so‘rov natijalariga shubha bilan qarardi.

Biroq, so‘nggi paytlarda statistika organlarining tahlillarida birinchi navbatda haqqoniylik va shaffoflik tamoyillariga amal qilinmoqda. Milliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun statistik axborotlarning erkinligi, oshkoraligini ta’minlash, O‘zbekiston rivojlanish ko‘rsatkichlarini xalqaro statistik to‘plamlarda chop etish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu kabi amaliy ishlarni yanada takomillashtirish, fuqarolar bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lish, tizim faoliyatiga doir har qanday masalaga ijobiy yechim topib, aholining taklif va mulohazalari bilan yaqindan tanishish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochdi.

O‘ylaymizki, endilikda fuqarolarda statistika sohasiga oid savollariga javoblarni, tizim faoliyatiga yuzasidan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoq orqali onlayn tarzda olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu o‘z navbatida rahbarlar va odiy fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarning yanada yaqinlashishiga xizmat qilishi shubhasiz.

O‘zA
1 601