Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.08.2018 09:23 Chop etish versiyasi

Davlat soliq qo‘mitasi kameral nazoratni amalga oshiradi

Davlat soliq qo‘mitasi kameral nazoratni amalga oshiradi
Bojxona imtiyozi berilgan soliq to‘lovchilar haqidagi ma’lumotlar onlayn tarzda Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi.

Hukumat qarori bilan Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona ko‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, kameral nazorat soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish asosida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, nizom bilan bojxona orqali o‘tayotgan tovarlar, yuk deklaratsiyalari, tovarlarni olib kirayotgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi o‘zaro axborot almashishi belgilandi.

Bojxona imtiyozi berilgan soliq to‘lovchilar haqidagi ma’lumotlar onlayn tarzda Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi.

Kameral nazorat har chorakda o‘tkazilib, uning natijalari yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Bundan tashqari, dalolatnomaning bir nusxasi shu kunning o‘zida soliq to‘lovchiga yuborilishi lozim.

O‘zA
2 299